Sotuv bo‘limi jamoasini boshqaradigan, tajribali va mas’uliyatli Team Leader izlayapmiz!
Asosiy vazifalar:
-
Sotuv bo‘limi xodimlarini boshqarish, motivatsiya berish va rivojlantirish;
-
Sotuv rejalari va ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda bajarilishini nazorat qilish;
-
Jamoaning samaradorligini oshirish uchun trening va coachinglar o‘tkazish;
-
Mijozlar bilan yuqori darajada ishlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;
-
Sotuv jarayonidagi muammolarni aniqlash va tezkor yechimlar taklif qilish;
-
Hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
Talablar:
-
Sotuv sohasida kamida 2–3 yillik tajriba, Team Leader yoki Supervisor sifatida ishlagan bo‘lsa afzal;
-
Kuchli liderlik va kommunikatsiya ko‘nikmalari;
-
Jamoa bilan ishlash va boshqarish ko‘nikmalari;
-
Stressga chidamli, natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
-
Rus tilini bilish (qo‘shimcha tillar ustunlik beradi).
Biz taklif qilamiz:
-
Barqaror va yuqori daromad;
-
Bonus va motivatsion tizim;
-
Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
-
Kuchli, professional jamoada ishlash.