ELITA SUNIY IDROK MAKTABI

ООО ELITA SUNIY IDROK MAKTABI

Elita maktabi — bolalarni kelajak kasblariga tayyorlaydigan zamonaviy xususiy maktab. Urgut filialimiz 2022-yildan beri faoliyat yuritadi va bugun u yerda 1000 dan ortiq o'quvchi o'qiydi. 2026-yil sentabrda Samarqand shahrida yangi filialimiz ochildi.

Ta'lim yo'nalishlarimiz

  • Sun'iy intellekt (AI) va robototexnika — chuqurlashtirilgan dastur
  • STEM va IT yo'nalishlari
  • 4 ta chet tili: ingliz, rus, xitoy, yapon
  • Cambridge xalqaro standartlari va Yaponiya metodikasi asosidagi ta'lim
  • 1–8-sinflar, o'zbek va rus yo'nalishlarida

Nega biz bilan ishlash qulay

  • Kichik sinflar — bir sinfda 22 tagacha o'quvchi. Ustoz har bolaga ulguradi
  • Zamonaviy baza — yangi bino, jihozlangan IT va robototexnika xonalari
  • Rasmiy ishga joylashtirish va barqaror ish haqi
  • Kasbiy o'sish — o'qituvchilar uchun malaka oshirish va sertifikatsiya dasturlari
  • Qo'llab-quvvatlovchi muhit — psixolog, logoped, shifokor bilan birgalikda ishlaysiz
  • Ovqatlanish — xodimlar uchun halol issiq ovqat
  • Yosh va faol jamoa, ochiq muloqot madaniyati

Biz qanday mutaxassislarni qidiramiz?

Ishini sevadigan, bolalar bilan ishlashni biladigan va o'z ustida ishlashga tayyor insonlar. Tajriba muhim, lekin biz uchun eng muhimi — munosabat va natijaga mas'uliyat.

Manzil:

Samarqand shahri, Yangi bozorni yonida.

Самарканд
Город
Образовательные учреждения
Сферы деятельности
Организация
Тип регистрации